ʼʼYurt obodligi yoʻlida qilinayotgan ishlarʼʼ

Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlaridan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam.

Ana shu, maqsadda TerDU.Tabiiy fanlar fakulteti Ekovolontorlari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi  bilan hamkorlikda Termiz tumanida joylashgan ʼʼSulton Saodatʼʼ ziyoratgohida  xayriya hashari oʻtkazildi.

Unda viloyat Kengashi hodimlari, hamda ekovolontyor yoshlar ishtirok etishdi. Hashar davomida ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi. Gul ko‘chatlarining taglari yumshatildi va ziyoratgoh hududi boʻylab keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Mazkur tadbir oʻzaro hamjihatlik va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil