“Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz”

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti jamoasi hamda Jayhun mahallasi hamkorligida Respublikamiz boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilayotgan “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostidagi umumxalq aksiyasida faol ishtirok etmoqda.

Bu kabi tashabbus yurtimiz hududlarini yanada toza, obod va sogʻlom maskanlarga aylantirishga xizmat qilmoqda. Tadbir davomida mahalla hududlarida yigʻilib qolgan chiqindilar tartib bilan yigʻishtirildi, yashil hududlarga alohida eʼtibor qaratildi hamda aholi oʻrtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targʻibot ishlari olib borildi.

Bunday ezgu ishlar nafaqat atrof-muhitni asrash, balki yoshlar orasida tabiatga eʼtibor va masʼuliyat tuygʻusini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 47

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil