2021/2022-oʻquv yili uchun Termiz davlat universiteti bakalavriat talabalari uchun "UNIVERSITET STIPENDIYASI" taʼsis etildi.

Universitet stipendiyasiga talabgorlar tanlov asosida saralab olinadi. Tanlovda aʼlo va yaxshi baholar bilan hamda oxirgi bir yilda faqat aʼlo baholarga oʻqigan, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, fakultet ijtimoiy ishlarida faol qatnashayotgan talabalar ishtirok etadilar.

Stipendiyani tayinlash uchun nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi.

fanlarni yuqori yuqori koʻrsatgichlarga erishgan boʻlishi;
ilmiy (ijodiy) ishlarining chop etilganligi;
zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha koʻnikma va malakaga ega boʻlishi;
mutaxassisligi boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega boʻlishi
davlat tilini va bitta xorijiy tilni bilishi (taʼlim yoʻnalishi xorijiy til boʻlganda qoʻshimcha ravishda boshqa xorijiy til)

Universitet stipendiyasi uchun talabgorlar quyidagi hujjatlarni oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosariga taqdim etadilar.

1. Maʼlumotnoma (obyektivka)

2. Kafedra va fakultet tavsiyanomasi. Tavsiyanomada talabaning oʻzlashtirishi, ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining bajarilishi va boshqa faoliyatlari haqida maʼlumot beriladi. Tavsiyanoma dekan va kafedra mudiri imzosi bilan tasdiqlanadi.

3. Talaba ilmiy rahbari tomonidan berilgan taqriz. Taqrizda ilmiy rahbar iqtidorli talabaning ilmiy faoliyatini toʻla toʻkis tahlil qilib bayon etiladi. (Yillik oʻquv, ilmiy ishlar rejasining bajarilishi, maqola va tezislarning chop etilishi, olimpiada, tanlov konferensiyalarda ishtiroki va boshqa hujjatlar ilova qilinadi).

Barcha hujjatlar jildga tikilgan holda taqdim etiladi.

Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati 2021-yil 15-noyabr

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 14

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 17

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 25

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil