R a d d i ya

Telegram ijtimoiy tarmog’i orqali Termiz davlat universitetida A.Marahimov rektor bo‘lganidan so‘ng universitet tarixida ilk korruptsion holatlar yuz bera boshlandi qabilida asossiz ma’lumotlar tarqaldi.

Termiz davlat universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus hamda Oliy ta’lim vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi mehanizmini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil fevral oyida Fakultetlararo "QVZ -2021" chempionati tashkil etildi. Universitetning jami 17 fakultetlarining har biridan jamoalar 4 guruhga bo‘linib, chempionlik uchun kurash olib borishdi.

2021 yil 22 fevralda 3-guruhda o‘tkazilgan QVZ ko‘rik tanlovi natijalaridan norozi bo‘lgan San’atshunoslik fakultetining "To‘ychilar" jamoasi a’zolari hay’at a’zolariga e’tiroz bildirgan. Ushbu e’tirozdan so‘ng 2021 yil 23 fevral sanasida universitet rahbariyati tomonidan 3-guruhda o‘tkazilgan QVZ ko‘rik tanlovi natijalari xakamlar tomonidan adolatli va haqqoniy baholanganligini o‘rganish maqsadida Viloyat musiqali drama teatridan mutaxassislar jalb etilib, San’atshunoslik fakultetining "To‘ychilar" jamoasi sahna ko‘rinishlari qayta ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan 3-guruhda o‘tkazilgan QVZ ko‘rik-tanlovi natijalari to‘g‘ri e’lon qilinganligini tasdiqlab, San’atshunoslik fakultetining "To‘ychilar" jamoasi a’zolari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning har birini izohlab, tushuntirish berishdi. San’atshunoslik fakultetining "To‘ychilar" jamoasi a’zolari ushbu holatdan so‘ng o‘zlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarini tushunishgan va e’tirozi yo‘qligini bildirishgan, biroq, yuqorida bayon etilgan holat "San’atshunoslik fakulteti QVZ bo‘yicha "To‘ychilar" jamoasi a’zolarining universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O‘.Qurbonalievga bildirgan e’tirozi" aks etgan video ijtimoiy tarmoqqa joylangan.

Termiz davlat universitetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida ko‘rik-tanlov, musobaqa va bellashuvlar davom etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

2025/2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi, yangi o‘quv yili vazifalari belgilandi.

  • 2026-06-27
  • 12

Termiz davlat universitetida "2025/2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonida ustuvor vazifalarni belgilash" mavzusiga bag‘ishlangan universitet Kengashining

Batafsil

TerDU vakili xalqaro hakamga aylandi!

  • 2026-06-27
  • 18

Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti dotsenti Ulug'bek Chariyev para yengil atletika bo'yicha xalqaro hakamlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro hakamlik sertifikatini qo'lga kiritdi.

Batafsil

Termiz davlat universiteti yosh olimi fan olamida yangi kashfiyot qildi!

  • 2026-06-27
  • 17

Termiz davlat universiteti jamoasi navbatdagi yirik ilmiy yutuqni faxr va iftixor bilan qarshi olmoqda. Universitetimizning yosh va iste’dodli olimi, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jalilov Jamshed tomonidan olib borilgan ilmiy

Batafsil