Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;

to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi. 

Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

Mazkur tartib:

chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 12

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 15

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 24

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil