Oʻqishni xorijiy OTMlardan kuchirayotganlar diqqatiga

Universitetimizga xorijiy OTMdan oʻqishni koʻchirish uchun DTM tomonidan oʻtkazilgan testda yoki universitetda oʻtkazilgan ijodiy imtihonda qatnashib, 66.1 baldan yuqori ball toʻplaganlar oʻzlariga qoʻyilgan talabni bajardilar deb hisoblash mumkin. Ularga yuqorida mandat haqida yozgan axborotimiz taalluqli emas!

Yangi oʻquv yili boshida oʻzimiz sizlarni chaqiramiz va xorijdagi OTMga siz orqali soʻrovnoma yuboramiz. Kerakli hujjatlarni olib kelib, shartnoma toʻlovini qilishingiz bilan, universitetimizda oʻqishni boshlashingiz mumkin boʻladi. 

DTM tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarida qatnashib, 66.1 baldan past ball olganlar oʻqishni koʻchirish uchun asosiy talabni bajara olmagan deb hisoblanadilar. Lekin, shunda ham ularda oʻqishni koʻchirib olish uchun imkoniyat saqlanib qoladi. Yaʼni, quyidagi koʻrinishda tabaqalashtirilgan toʻlov asosida oʻqishni koʻchirish mumkin:

65.1-66.0 ball bazaviy toʻlov kontraktning 1.5 barobari;

64.1-65.0 ball bazaviy toʻlov kontraktning 2 barobari;

63.1-64.0 ball bazaviy toʻlov kontraktning 2.5 barobari;

62.1-63.0 ball bazaviy toʻlov kontraktning 3 barobari;

56.7-62.0 ball Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorida (hozircha minimal miqdor qancha ekani aniq emas, aniq boʻlishi bilan, eʼlon qilamiz. Bazaviy kontrakt summasining 8 yoki 10 barobari boʻladi);

56.6 va undan kam ball Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt minimal miqdorining 2 barobari miqdorida.

Super kontrakt uchun shartnomalarni berish boʻyicha qoʻshimcha xabar beramiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 12

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 15

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 24

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil