Ijodiy imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishi uchun barchasi shay.

Termiz davlat universitetida 2023/2024-oʻquv yili uchun Dizayn (milliy kostyum), Dizayn (kompyuter grafikasi va badiiy foto), Sport faoliyati (dzyudo), Sport faoliyati (futbol), Sport faoliyati (kurash), Sport faoliyati (voleybol), Sport faoliyati (yengil atletika) taʼlim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar 31-iyuldan boshlanadi.

Oliygohda imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o'tkazilishini taʼminlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, http://imtihon.tersu.uz sayti orqali istalgan joyda jonli kuzatib borishingiz mumkin.

Imtihonlar bo‘lib o‘tadigan binolarda barcha qulayliklar yaratilgan, kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, sport zallari shay holatga keltirilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlariga kuzatuvchi sifatida jamoatchilik vakillari, deputatlar, OAV xodimlari, bloggerlar taklif etilgan.

Muhim eslatma! Abituriyentlar ijodiy imtihon kunlari oʻzlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID), roʻyxatdan oʻtganligi boʻyicha qayd varaqasi bilan kiritiladi hamda tegishli sport formasi va kerakli jihozlarini olib kelishi soʻraladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

+998 76 228 03 40

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
www.tersu.uz
@terdu340

Aziz abituriyentlar! Barchangizga omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil