Termiz davlat universiteti talabalari va magistrlari diqqatiga!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6208-sonli farmonining 3-bandi 2-qismiga asosan:
2021-yil 1-maydan boshlab talaba turar joyi bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi. Bunda: ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming soʻm), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (122 ming 500 soʻm)dan oshmasligi lozim;
Ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab beriladi;
Oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Talabalar ijara toʻlovining 50 foizi Davlat byudjetidan qoplab berilishi uchun hududiy soliq idoralaridan ijara shartnomasini rasmiylashtirishi shart.
Ijarachi soliq toʻlovlaridan ozod etiladi.