TerDU talabasi Osiyo kubogi sovrindori!

Toshkent shahrida marhum Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasi yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 9 ta oltin, 9 ta kumush va 15 ta bronza, jami 33 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikdan Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston terma jamoalari ham joy oldi.

Mazkur muvaffaqiyatda Termiz davlat universiteti talabasi Iskandar Mamayusupovning ham munosib hissasi bor. U yoshlar o‘rtasidagi +100 kg vazn toifasida finalga qadar yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi hamda terma jamoamizning umumiy g‘alabasiga o‘z ulushini qo‘shdi.

Termiz davlat universiteti jamoasi Iskandar Mamayusupovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaydi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-17
  • 22

Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi Eshmuratova Dildor Urolovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda

Batafsil

BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) (https://www.undp.org/uz/uzbekistan) vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • 2026-06-16
  • 16

Universitetimizga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Loyihalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Sarvar Tursunov boshchiligida mehmonlar tashrif buyurdi.

Batafsil

TerDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

  • 2026-06-16
  • 37

15–16-iyun kunlari Termiz davlat universitetining Tarix hamda O‘zbek filologiyasi fakultetlarida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Batafsil