TerDUda Iqtisod fakulteti faoliyati tahlil etildi

Bugun Termiz davlat universiteti rektori Iqtisod fakulteti professor-o‘qituvchilari, kafedra mudirlari hamda fakultet rahbariyati bilan ochiq va prinsipial ruhdagi uchrashuv o‘tkazdi. Yig‘ilishda sohalar bo‘yicha prorektorlar, boshqarma va bo‘lim rahbarlari ham ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida fakultetning nafaqat bugungi holati, balki uning ertangi taqdiri, universitetdagi o‘rni va kelajakdagi mas’uliyati atroflicha tahlil qilindi.

Yig‘ilishda:

🟢 iqtisodiyot yo‘nalishlarini zamonaviy talablar asosida transformatsiya qilish;

🟢 real iqtisodiy tahlillar va amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish;

🟢 startup va spin-off loyihalarni rivojlantirish;

🟢 xorijiy professorlarni keng jalb qilish;

🟢 ingliz tilida ta’lim beriladigan guruhlarni tashkil etish;

🟢 hudud iqtisodiyotini tahlil qiluvchi “Iqtisodiy tahlil laboratoriyasi”ni yaratish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.

Shuningdek, fakultetni oddiy ta’lim maskanidan hudud iqtisodiy rivojlanishiga taklif va yechimlar bera oladigan kuchli analitik markazga aylantirish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida universitet rektori tomonidan:

“Bugun bizga oddiy fakultet emas, universitetni oldinga tortadigan intellektual kuch kerak”, — deya alohida ta’kidlandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil