TerDU— viloyat yoshlari va talabalari birlashayotgan katta maydon!

Termiz davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarini birlashtirgan yirik festival bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir yoshlarning iste’dodi, bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning o‘zaro do‘stlik va hamjihatligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Festival doirasida talabalar uchun turli madaniy, sport va intellektual loyihalar tashkil etilmoqda. Jumladan:

 “Eng yaxshi fotosuratlar” ko‘rgazmasi

👗 Liboslar namoyishi

🍽 “Eng mazali taomlar” tanlovi

⚽️ Sport musobaqalari

🎶 Musiqiy chiqishlar va karaoke

📚 Shoir hamda ijodkorlar bilan uchrashuvlar

🤖 Robototexnika ko‘rgazmalari

🎭 Talabalar teatr studiyalari chiqishlari

😁 “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari shou dasturlari

🧠 “Zakovat” va “Munozara” o‘yinlari

🪖 Harbiy ko‘rgazmali chiqishlar hamda “Shashlik day” musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

✅Bu kabi festivallar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil