TerDU gandbolchilari yana bir bor yuksak natijalarni qayd etdi

Surxondaryo viloyati mezbonligida o‘tkazilgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining gandbol bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviya va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.

Nufuzli musobaqada viloyatimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan Termiz davlat universiteti gandbol jamoalari yana bir bor o‘zining mahorati, matonati va haqiqiy chempionlik ruhini namoyon etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 o‘g‘il bolalar jamoasi Respublika chempionligini qo‘lga kiritdi;
🥉 qizlar jamoasi esa faxrli uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

"Talabalar ligasi"ning Respublika final bosqichida mamlakatimizning 14 hududidan 419 nafar sportchi-talaba hamda murabbiy ishtirok etdi.

Final uchrashuvlari va tantanali taqdirlash marosimida universitet rahbariyati, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimlari, viloyat mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil