TerDU delegatsiyasi Xitoyning Szyansu universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi

Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘afur Tog‘ayev boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Xitoyning nufuzli Szyansu universitetida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida TerDU delegatsiyasi Szyansu universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Xorijiy ta’lim kolleji rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, “1+1” qo‘shma magistratura dasturida tahsil olayotgan talabalar bilan samimiy muloqot tashkil etildi.

Szyansu universiteti rektori va prorektori bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ta’lim loyihalari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida delegatsiya universitetning zamonaviy infratuzilmasi va ilg‘or tajribasi bilan ham yaqindan tanishmoqda.

TerDU xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil