Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog olim, xalqaro ekspert Jozef Grego bilan hamkorlikda Surxon vohasining noyob biologik olamini o‘rganishmoqda.

Ayni kunlarda olim Ko‘hitang tog‘lari hamda Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Ekspeditsiyalarda TerDUning biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Abdulazizova va uning shogirdlari — tayanch doktorantlar ham faol ishtirok etmoqda.

E’tiborlisi, aynan Shoira Abdulazizova tomonidan ushbu hududdan fan uchun yangi avlod va yangi tur — Neofruticicola donum kashf etilgan edi. Joriy ekspeditsiya davomida esa ushbu noyob turning tirik namunalari yig‘ilib, molekulyar-genetik tahlillar uchun tayyorlandi.

Tadqiqotlar natijasida Surxondaryoning g‘orlari va buloqlarida hali fan uchun noma’lum bo‘lgan noyob mikro-mollyuskalarni aniqlash, ularni xalqaro ilmiy jurnallarda e’lon qilish hamda hudud bioxilma-xilligini dunyoga tanitish rejalashtirilgan.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil