TerDU talabalari “To‘polang” GESda!

➡️Termiz davlat universiteti Fizika ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari ustozlari hamrohligida “To‘polang” gidroelektrostansiyasiga tashrif buyurib, energetika sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashdi.

➡️Tashrif davomida talabalar GES faoliyati, gidroturbinalar va generatorlarning ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, stansiyaning kuzatuv xonasi hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari haqida ma’lumot olishdi.

➡️“To‘polang” GES rahbariyati bilan tashkil etilgan uchrashuvda stansiyaning tarixi, bugungi faoliyati va kelajakdagi loyihalari haqida suhbat o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham batafsil javob oldilar.

➡️ Bunday amaliy tashriflar talabalar bilimini mustahkamlash va ularni kelajak kasbiga yaqindan tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil