Qadimiy Sian shahri bugun O‘zbekiston ta’limi nufuzini namoyon etayotgan muhim xalqaro maydonga aylandi.

Xitoyning tarixiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Sian shahrida III “O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari boshchiligida yurtimizning 43 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi mas’ullari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli ko‘rgazmada Termiz davlat universiteti vakillari ham faol qatnashib, universitetning zamonaviy ta’lim muhiti, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari va talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni namoyish qilmoqda.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — xitoylik yoshlarni Termiz davlat universitetiga jalb qilish, xalqaro talabalar sonini oshirish hamda universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashdan iborat.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil