TerDU talabalari “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi g‘olibi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, g‘oliblar safidan Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari — Lola Sharifova va Mirjalol Tojiyev ham joy oldi. Ular o‘zlarining kreativ va innovatsion g‘oyalari bilan Respublika bosqichi g‘olibiga aylanishdi.

G‘oliblarga 8 million 240 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti, statuetka hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

TerDU jamoasi nomidan iqtidorli talabalarimizni hamda ularning ilmiy rahbari, Kimyo fakulteti dekani Bahodir Xolnazarovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!

Yosh olimlarimizga kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyat va yuksak marralar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil