TerDU xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda!

Termiz davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi hamda Germaniyaning nufuzli Leybnits nomidagi Nemis tili instituti (IDS) o‘rtasida ilk onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Germaniyaning taniqli professorlari Shtefan Engelberg, Roman Shnayder va Katarina Dyuk hamda TerDU professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, zamonaviy tilshunoslik, ilmiy tadqiqotlar va akademik hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot davomida tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyaning Mangeym shahrida joylashgan IDS instituti dunyodagi eng nufuzli nemis tili tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi hamda mashhur Leibniz ilmiy jamiyati tarkibiga kiradi.

Mazkur hamkorlik TerDU ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-17
  • 22

Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi Eshmuratova Dildor Urolovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda

Batafsil

BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) (https://www.undp.org/uz/uzbekistan) vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

  • 2026-06-16
  • 16

Universitetimizga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Loyihalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Sarvar Tursunov boshchiligida mehmonlar tashrif buyurdi.

Batafsil

TerDUda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

  • 2026-06-16
  • 37

15–16-iyun kunlari Termiz davlat universitetining Tarix hamda O‘zbek filologiyasi fakultetlarida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Batafsil