Zamonaviy lingvistika va ilmiy tafakkur uchrashuvi — TerDUda!

Termiz davlat universitetida ilmiy hamkorlik va zamonaviy ta’lim integratsiyasiga qaratilgan navbatdagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Ramazon Bobokalonov TerDU Xorijiy filologiya fakultetida ilmiy-amaliy tashrif bilan bo‘lib, “Neyropsixikolingvistikaning hayotimizdagi o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Seminar davomida til, tafakkur va inson psixologiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, zamonaviy lingvistikaning yangi yo‘nalishlari hamda neyropsixikolingvistikaning ilm-fan va ta’limdagi ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi.

Mashg‘ulotlar magistrantlar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Ayniqsa, mavzuning innovatsion yondashuvlarga boyligi ilmiy muhokamalarga yanada jon bag‘ishladi.

Mazkur tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy lingvistika sohasida tajriba almashish hamda yosh tadqiqotchilar salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil