Prezident sovg‘asi — surxondaryolik yosh o‘qituvchiga!

"Yosh kitobxon" respublika tanlovining final bosqichida 20–30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilindi.

Quvonarlisi, mazkur nufuzli tanlovda Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi 34-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, TerDU talabasi Fazilat Diyorova munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Kitobxonlik, bilim va yuksak tafakkur borasidagi salohiyatini namoyon etgan g‘oliba Prezident sovg‘asi“BYD Chazor” elektromobili bilan taqdirlandi.

Mazkur yutuq nafaqat Uzun tumani, balki butun Surxondaryo yoshlari uchun ham ilm-ma’rifat yo‘lidagi katta rag‘bat va ilhom manbai bo‘ldi.

Fazilat Diyorovani ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil