TerDU sportchilari Respublika bosqichi sari!

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sportning 12 ta turini o‘zida jamlagan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etib kelinmoqda.

Uch bosqichli bellashuvlarda saralangan talabalar Respublika bosqichida nafaqat o‘z universiteti, balki hududi va viloyati sharafini ham himoya qilmoqda.

Bugun “Talabalar ligasi”ning suv polosi, regbi hamda yengil atletika sport turlari bo‘yicha Respublika bosqichiga yo‘l olgan jami 54 nafar TerDU sportchilarini Toshkent shahriga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori ham ishtirok etdi.

Rektor sportchilarga omad tilar ekan, ularning zimmasidagi mas’uliyat va sharafli vazifani alohida ta’kidladi hamda jamoaga katta ishonch bildirdi. Shuningdek, safar va musobaqa jarayonlarida barcha uchun belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish lozimligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

TerDU jamoasiga ulkan g‘alabalar va yorqin natijalar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil