“Talabalar teatr studiyalari” festivali hamda “Ilhom” mukofoti g‘oliblari tantanali taqdirlandi!

Andijon viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-festivali hamda “Ilhom” mukofotining g‘olib va sovrindorlari e’tirof etildi.

Marosimni Markaz direktori Abdumalik Akramov kirish so‘zi bilan ochib berib, o‘tkazilgan tanlovlarning ahamiyati, talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, teatrning yoshlar ma’naviyatini oshirishdagi roli haqidagi fikrlarini bildirib, barcha g‘oliblarni samimiy qutladi.

🎭“Talabalar teatr studiyalari” festivali g‘oliblari bilan tanishing:

🥇1-o‘rinlar: Termiz davlat universitetining “Janub gavhari” va Buxoro davlat tibbiyot institutining “Avitsena” jamoalari;
🥈2-o‘rinlar: Farg‘ona davlat universitetining “Ilhom” va Shahrisabz davlat pedagogika institutining “Muloqot” jamoalari;
🥉3-o‘rinlar: Central Asian medical university'ning “CAMU” va Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” jamoalari.

↪️“Eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi g‘olibi – Ma’mun universiteti;
↪️“Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi g‘olibi Oybek Mahsudov – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
↪️“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi g‘olibi Iroda Toirova Samarqand davlat universiteti talabasi;
↪️“Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Marjona Ochilova – Termiz davlat universiteti va Dilafruz Sotiboldiyeva – Farg‘ona davlat universiteti talabalari;
↪️“Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi g‘olibi Alisher Soatov – Shahrisabz davlat pedagogika instituti, Avazxonov Ismoilxon – Central Asian medical university talabalari.

👏 Festival g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin BHMning 190 barobari; 2-o‘rin BHMning 140 barobari va 3-o‘rin BHMning 85 barobari miqdorida pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek taqdirlash davomida, finalni yuqori saviyada tashkil qilgan mezbonlar, Andijon davlat pedagogika instituti rahbariyati va Hakamlar hay’ati a’zolariga ham tashakkurnomalar topshirildi.

👉 Batafsil:

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Prezident sovg‘asi — surxondaryolik yosh o‘qituvchiga!

  • 2026-05-22
  • 23

"Yosh kitobxon" respublika tanlovining final bosqichida 20–30 yosh toifasi bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilindi.

Batafsil

“Talabalar ligasi”

  • 2026-05-21
  • 25

Ayni paytda Termiz davlat universitetida “Talabalar ligasi”ning gandbol sport turi boʻyicha Respublika bosqichi oldidan jamoalar masʼullari ishtirokida mandat hayʼati yigʻilishi boʻlib oʻtyapti.

Batafsil

TerDU sportchilari Respublika bosqichi sari!

  • 2026-05-21
  • 21

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sportning 12 ta turini o‘zida jamlagan

Batafsil