Yosh oilalar mustahkamligi yo‘lida muhim muloqot: Respublika seminar-treningi TerDUda!

Ayni paytda Termiz davlat universitetida “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida “Yosh oilalarda ajrim: sabablar, miflar va real omillar” mavzusidagi Respublika seminar-treningi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, yosh oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrimlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari ishtirok etmoqda. Seminar ochilishida universitet rektori A. Toshqulov so‘zga chiqib, oilada sog‘lom muhitni mustahkamlash bugungi jamiyatning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, seminar-trening davomida soha mutaxassislari, ekspertlar va mas’ul tashkilot vakillari Zoom platformasi orqali mavzuga oid fikr va tavsiyalarini bildirib o‘tmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 245

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 128

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 126

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil