TERDUDA XORIJIY TILLAR BO‘YICHA “REKTOR OLIMPIADASI” BO‘LIB O‘TDI

Termiz davlat universitetida viloyatdagi umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida nemis va fransuz tillari bo‘yicha “Rektor olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy tillarni o‘rganishni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qarorlari ijrosini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi. Olimpiadada viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan bilimdon o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov jarayonlari nizom asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etilib, barcha bosqichlar videokuzatuv ostida olib borildi.

Tadbir viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi. G‘oliblar universitet tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, universitet Talabalar oshxonasida o‘quvchi yoshlar hamda ularning ustozlari uchun dasturxon yozilib, mehmonlarga universitet kampusi bo‘ylab sayohat ham uyushtirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 253

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 131

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 129

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil