Kelajak arxeologlari — tarix izidan

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti аrxeologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalari dala arxeologik amaliyotini Sherobod tumani G‘oz qishlog‘i hududidagi arxeologik yodgorliklarda olib bormoqda.

Amaliyot davomida tal.abalar arxeologik qazishmalar metodologiyasi, zamonaviy axborot tizimlari bilan ishlash, geoarxeologik kuzatuvlar olib borish, madaniy qatlamlarni aniqlash hamda topilmalarni dala sharoitida hujjatlashtirish jarayonlarida bevosita ishtirok etishayapti.

Dala tadqiqotlari jarayonida Qirqqiz-3 yodgorligida nazorat shurfi tashlanib, bronza davriga oid qabriston mavjudligi aniqlangani tadqiqotlarning muhim ilmiy natijalaridan biri bo‘ldi.

Amaliyotning keyingi bosqichida topilmalarni Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqot markazi arxeologiya laboratoriyasida restavratsiya qilish hamda ilmiy hisobotlar tayyorlash ishlari davom ettiriladi. Nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirayotgan yosh tadqiqotchilar ajdodlar tarixini o‘rganish va ilmiy merosni asrash yo‘lida muhim tajriba to‘plamoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 34

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 30

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 35

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil