Payshanba yoshlar kuni: TerDUda bitiruvchi talabalar va ish beruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi boshqaruv raisi B. Qodirov hamda universitet rektori A. Toshqulov ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Dastlab kompaniya vakillari ko‘p tarmoqli tuzilmaning faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi tarkibida 50 ga yaqin qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi subyektlar faoliyat yuritadi.

Korxonalarda xorijiy mutaxassislar bilan bir qatorda 5000 nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, kompaniya Yevropa davlatlari uchun malakali kadrlarni tayyorlash va ularni ishga yo‘naltirish borasida ham amaliy ishlarni olib bormoqda.

Samimiy ruhda kechgan tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Universitet rektori A. Toshqulov ta’kidlaganidek, mazkur uchrashuv har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ldi.

Bildirilgan taklif va tashabbuslar TerDU hamda “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil