Ilm-fan va innovatsiyalar yo‘lida yangi hamkorlik

Bugun Termiz davlat universiteti rektori A.Toshqulov mikroklonal ko‘paytirish hamda in vitro laboratoriyalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xalqaro ekspert Irina Stupakni qabul qildi.

Uchrashuv davomida viloyatda yagona zamonaviy laboratoriya faoliyati haqida so‘z yuritildi. Mazkur laboratoriyada yiliga 500 ming tupgacha kasalliklardan xoli, yuqori hosildor mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini yetishtirish imkoniyati mavjud.

Muloqot jarayonida mavjud imkoniyat va resurslardan yanada samarali foydalanish, ilmiy-amaliy faoliyatni rivojlantirish hamda sohaga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yuzasidan qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Shuningdek, xorijiy mutaxassisni universitet faoliyatiga jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 33

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 30

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 34

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil