TerDU va Tzyansu universiteti: Strategik hamkorlikning yangi bosqichi

Bugun, Termiz davlat universitetiga Xitoyning nufuzli Tzyansu universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. TerDU rektori A. Toshqulov hamda prorektor va fakultet dekanlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Lingvistika (ingliz tili) yo‘nalishidagi mavjud 1+1 magistratura dasturining muvaffaqiyatli natijalari e’tirof etilib, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha quyidagi muhim masalalar muhokama qilindi. Qo‘shma dasturlar: 1+1 magistratura modelini boshqa yo‘nalishlarga kengaytirish va ikkita diplom berishni nazarda tutuvchi 2+2 bakalavriat tizimini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Strategik loyiha: TerDU hududida Xitoy ta’lim standartlari va ilmiy tadqiqotlari bo‘yicha mintaqaviy xabga aylanuvchi Tzyansu universiteti institutini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot oʻrnida, Tzyansu universiteti QS xalqaro reytingida fanlar yoʻnalishi boʻyicha dunyoning Top-500 oliygohlari qatoridan joy olgan.

Tashrif yakunida tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarni imzoladilar. Mehmonlar universitetning ilmiy laboratoriyalari va kampusidagi sharoitlarni yuqori baholadilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 33

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 30

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 34

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil