TerDU talabalari  tabiat qo‘ynidagi haqiqiy ilm maktabida!

🟢May nafasi, tog‘ havosi va ilmga chanqoq yoshlar…
Har yiligi an’ana, Termiz davlat universiteti talabalari yana Boysunning betakror tabiati bag‘ridagi Darband o‘quv-amaliyot bazasida jam bo‘lishdi. Bugundan boshlab Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari mazkur maskanda malakaviy o‘quv-dala amaliyotini boshladilar. 

🟢Tog‘lar bag‘ridagi ushbu amaliyot bazasi bugun nafaqat TerDU, balki viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham haqiqiy ilmiy tajriba maydoniga hisoblanadi.Talabalar tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida: umurtqali va umurtqasiz hayvonlar dunyosini, ularning morfologiyasi, anatomiyasi va fiziologiyasini, tabiiy muhitdagi biologik jarayonlarni amaliy tarzda o‘rganadilar. Eng muhimi, yosh tadqiqotchilar o‘zlarida: ilmiy kuzatuv olib borish, namuna yig‘ish va tahlil qilish, mustaqil tadqiqot yuritish ko‘nikmalarini shakllantirmoqda.

🟢Darbanddagi bu amaliyot — oddiy dars emas. Bu tabiat bilan yuzma-yuz uchrashuv, ilm bilan amaliyot uyg‘unlashgan haqiqiy tajriba maktabidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil