YANA BIR MUNOSIB G‘ALABA!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan kasaba uyushmalari faxriysi Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlab sportning mini futbol turi bo‘yicha an’anaviy xotira turniri tashkil etildi.

Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqada vohamizdagi OTM professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoalar o‘zaro bellashdi. Unda Termiz davlat universiteti vakillari yuksak mahorat, jamoaviy birdamlik hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etib, faxrli I-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆G‘olib jamoamiz I darajali diplom bilan taqdirlandi.

Ushbu natija — universitetimizda sportga qaratilayotgan e’tibor, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi izchil ishlarning yana bir yorqin ifodasidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil