Tarixiy xotira — kelajak uchun saboq

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy va ezgulikka yo‘g‘rilgan tadbirlar keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Universitet talabalari viloyat markazida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti hamda “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlar, jasorat va fidoyilik tarixini chuqur his etishayapti.

Shuningdek, talaba-yoshlar bugun nuroniylik gashtini surayotgan faxriy ustozlar holidan xabar olib, ularga ehtirom va hurmat bajo keltirdilar.

Professor-o‘qituvchilar ham marhum hamkasblarining oilalariga tashrif buyurib, ularning farzandlari bilan samimiy suhbatlar qurishib, ustozlar xotirasini yod etib, ezgu an’analarni davom ettirdilar.

Ayni kunlarda sana munosabati bilan xotira, qadrlash va insoniylik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan bunday tashabbuslar fakultetlar kesimida izchil davom etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil