Ilmiy halollik — sifatli ta’lim kafolati

🟢Termiz davlat universitetida ilmiy-tadqiqot faoliyatida halollik va shaffoflikni ta’minlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda StrikePlagiarism (PLAG.UZ) kompaniyasi mutaxassisi Verona Bashkareva ishtirok etdi. 

🟢Seminar davomida professor-o‘qituvchilarga ilmiy ishlarni tayyorlashda plagiatni aniqlashning zamonaviy usullari, jumladan sun’iy intellekt asosidagi tizimlar imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

🟢Shuningdek, plagiat tushunchasi, uning turlari, salbiy oqibatlari hamda uni oldini olish, manbalardan to‘g‘ri foydalanish va havola berish qoidalari tushuntirildi.

🟢Tadbirda akademik halollik, mualliflik huquqlariga hurmat va ilmiy odob masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarga plagiat tekshiruv tizimlaridan foydalanish tartibi ham amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

🟢Seminar interaktiv ruhda o‘tganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil