YANA BIR ZAFAR — YANA BIR G‘ALABA!

🟢Surxondaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston talabalari” sport musobaqalarining voleybol turi bo‘yicha hududiy bosqichi haqiqiy sport bayramiga aylandi!

🟢Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan ushbu musobaqada jamoalar nafaqat o‘z mahoratini, balki chinakam jamoaviy birdamlik va iroda kuchini namoyon etdilar. Termiz davlat universiteti jamoasi esa barchani ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

🟢Ushbu yorqin g‘alaba — mashaqqatli mehnat, tinimsiz mashg‘ulot va g‘alabaga bo‘lgan ishonchning natijasidir! Eng muhimi, jamoamiz ushbu muvaffaqiyat orqali Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

🟢Bu natija — TerDU talabalari nafaqat ilm-fanda, balki sport maydonlarida ham yetakchi ekanining yana bir yorqin isbotidir G‘olib jamoamizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi bosqichda ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil