Sinovlar — kuchli jamoa shakllanishining muhim bosqichi!

Termiz davlat universiteti rektori Pro-liga bahslarida ishtirok etayotgan “TerDU” jamoasi futbolchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida jamoaning bugungi natijalari ochiq va xolis tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama etildi.

Samimiy ruhda kechgan suhbatda jamoaning o‘yini, tayyorgarlik jarayoni, intizom hamda motivatsiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv davomida eng muhim jihat — natijalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, har bir mag‘lubiyatni esa muhim tajriba sifatida qabul qilish zarurligi ekani ta’kidlandi. Zero, aynan shunday sinovlar kuchli, irodali va g‘alabaga chanqoq jamoani shakllantiradi.

A. Toshqulov: “TerDU” jamoasi oldida hali ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Eng muhimi — ishonchni yo‘qotmaslik, tinimsiz mehnat qilish va maydonga doimo g‘alaba ishtiyoqi bilan chiqishdir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TERDU YIGITLARI — O‘ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI!

  • 2026-10-08
  • 56

Joriy yilning 3–8-oktabr kunlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri

Batafsil

TerDU sport maydonlarida murosasiz bahslar!

  • 2026-10-08
  • 58

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida Termiz davlat universitetida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.

Batafsil

JARQO‘TONNING MING YILLIK SIRLARI O‘RGANILMOQDA

  • 2026-10-08
  • 55

Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.

Batafsil