TerDU jamoasi “Alpiniada”da mutlaq g‘olib!

“Boysun bahori” festivali doirasida viloyat OTMlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Alpiniada” sport musobaqasida Termiz davlat universiteti jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

Viloyat hokimligi tashabbusi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat sport boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqada viloyatimizdagi barcha OTM talabalari ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, TerDU jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa 3 ta shart asosida o‘tkazildi:
 • Maxsus uskunalarni normativlar asosida tayyorlash
• Kompas orqali yo‘nalishni aniqlash
• Belgilangan yo‘nalish bo‘ylab vaqt asosida harakatlanib, chiqish va tushish.

TerDU jamoasini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil