Boysun tumani Bibishirin mahallasida joylashgan "Boysun bahori" turizm markazida festival tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Ayni vaqtda festival doirasida o‘tkazilayotgan havo sharlari tomoshasi ishtirokchilar va mehmonlarga unutilmas taassurotlar baxsh etmoqda. Mustaqilligimizning 35-yilligi munosabati bilan 35 ta rang-barang havo shari osmonga ko‘tarilib, bayramona kayfiyatni yanada yuksaltirmoqda.
Mazkur xalqaro festival milliy madaniyatimiz va boy folklor merosimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, hududning turizm salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Barchangizni ushbu betakror bayram — "Boysun bahori" festivaliga taklif etamiz!