“Talaba Expo – 2026” — yoshlar kelajagi uchun katta imkoniyat!

🟢Termiz shahrida “Talaba Expo – 2026” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

🟢Mazkur loyiha — bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim platformadir.

🟢Tadbirning tantanali ochilish marosimida  Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori ishtirok etib, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

🟢Termiz shahridagi “Bobur” istirohat bog‘ida tashkil etilgan ko‘rgazmada 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan yuzlab bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka imkoniyatlari xususida ma’lumotlar  taqdim etilmoqda. Talaba-yoshlar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z salohiyatini namoyon etish hamda kelajak kasbiga ilk qadam qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

🟢Yoshlar jam bo‘lgan manzilda sport musobaqalari ko‘ngil ochar tadbirlar ham tashkil etilmoqda. “Talaba Expo – 2026” — bu nafaqat ko‘rgazma, balki har bir yosh uchun yangi imkoniyatlar eshigi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil