Termiz davlat universitetida xalqaro darajadagi mutaxassis bilan uchrashuv o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida “O‘zbekistonlik” loyihasining 1-epizodi bosh qahramoni, xalqaro miqyosda tan olingan muhandis, vatandoshimiz Asqarali Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar va doktorantlar faol ishtirok etdi.

 Asqarali Karimov —
🟢 Amerika suv xo‘jaligi assotsiatsiyasi;
🟢 Milliy professional muhandislar jamiyati;
🟢 Amerika qurilish muhandislari jamiyati;
🟢 Amerika biologik va qishloq xo‘jaligi muhandislari jamiyati;
🟢 AQSh irrigatsiya va drenaj qo‘mitasi kabi nufuzli tashkilotlarning faol a’zosi hisoblanadi.

🎥 Uning hayot yo‘li aks etgan video:
👉 https://youtu.be/xfCFnOcXebw

Hozirda AQShda faoliyat yuritayotgan, “KPA Engineers” kompaniyasida texnik suv xo‘jaliklari direktori, texnika fanlari doktori Asqarali Karimov o‘zining hayot yo‘li, erishgan yutuqlari va duch kelgan qiyinchiliklari haqida ham samimiy fikrlar bildirdi.

Mutaxassis suv va oqava suvlarni tozalash, gidrologik va gidravlik modellashtirish, loyihalash va boshqarish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega bo‘lib, bir qator davlatlarda (O‘zbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Rossiya) muhim loyihalarda ishtirok etgan.

Shuningdek, u Texas A&M Universityda ilmiy faoliyat olib borib, talabalarga suyuqliklar mexanikasi va atrof-muhit muhandisligi fanlaridan dars bergan.

Uchrashuv ochiq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil