XALQARO HAMKORLIKDA QADIMIY TAMADDUN SIRLARI OCHILMOQDA!

Miloddan avvalgi II ming yillik qa’ridan bizgacha yetib kelgan buyuk meros — Oks sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan Sopolli madaniyati bugun yana bir bor ilmiy jamoatchilik diqqat markazida!

Surxondaryo zaminidagi noyob arxeologik maskan — Jarqo‘ton yodgorligida ayni damda O‘zbekiston–Italiya qo‘shma xalqaro ekspeditsiyasi faol izlanishlar olib bormoqda. Ushbu tarixiy loyiha doirasida:
🟢 Termiz davlat universiteti;
🟢 Italiyaning Salento universiteti;
🟢 O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand arxeologiya instituti;

Mazkur loyiha o‘zining multidisiplinar yondashuvi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlarga antropologlar, arxeobotaniklar, zooarxeologlar hamda topograflar jalb etilib, qadimgi sivilizatsiyaning turli qirralari chuqur va kompleks o‘rganilmoqda.

Ekspeditsiya ishlari 10-may sanasiga qadar davom etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil