Termizda talaba yoshlar oʻrtasida “Vazir kubogi” futbol musobaqasi boshlandi

22-aprel kuni Termiz davlat universitetida talaba yoshlar, xususan qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha nufuzli “Vazir kubogi” musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur sport tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu musobaqa orqali talabalar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish koʻzda tutilgan.

Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov soʻzga chiqib, mazkur musobaqaning ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi. 

— Bugungi tadbirlar doirasida talaba-qizlar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqalarining tashkil etilayotganida oʻziga xos ramziy maʼno bor. Chunki, bugun Davlatimiz Rahbari tomonidan xotin-qizlarimizga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi islohotlar har bir taʼlim muassasasida oʻzining amaliy ifodasini topishi lozim, — dedi vazir.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/156787

👉 На русском
👉 In English

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil