Rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.

🟢Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida o‘tkazilgan navbatdagi apparat yig‘ilishida sohalar bo‘yicha prorektorlar, fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda kun tartibidagi masalalar ijrosiga daxldor mas’ullar ishtirok etishdi.

🟢Ta’kidlab o‘tilganidek, kelgusi haftada Termiz davlat universitetida: oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar hamda ayollar o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🟢Yig‘ilish davomida mazkur tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

🟢 Jarayonda rektorimiz tomonidan: tadbirlarni yuqori darajada va uyushqoqlik bilan tashkil etish,

ishtirokchilarning shahar bo‘ylab xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqilgan dastur asosida o‘quv-amaliy seminar va taqdimotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

🟢Mazkur tadbirlar universitet nufuzini yanada oshirish hamda sport va ta’lim integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil