YEREVANDA YANGRAGAN G‘ALABA SADOLARI

Yerevan shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha ko‘zi ojiz sportchilar (S-1 yo‘nalishi) o‘rtasidagi Jahon kubogi bahslari yana bir talabamizning nomini tarixga muhrladi.

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar safida Termiz davlat universiteti talabasi Abdurahmon Isokjon ham bor edi.

U keskin va murosasiz bellashuvlarda o‘zining matonati va kuchini namoyon etib, faxrli II-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Bu — oddiy g‘alaba emas!

Bu — irodaning sinovi!

Bu — cheksiz mehnatning mevasi!

Termiz davlat universiteti jamoasi Abdurahmon Isokjonni ushbu yuksak yutuq bilan muborakbod etadi va kelgusida undan yanada yirik zafarlar kutadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil