TerDUda nazariya va amaliyot uyg‘unligi

Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti o‘qituvchilari tomonidan yurisprudensiya yo‘nalishi kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun “Davlat va huquq tarixi” fanidan sayyor dars tashkil etildi.

Mashg‘ulot Termiz shahar Ichki ishlar  boshqarmasida “Ichki ishlar tizimida yuridik mutaxassislarning tutgan o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lab, ichki ishlar tizimida yuridik mutaxassislarning o‘rni, ularning qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Shuningdek, dars yakunida IIB tizimida foydalaniladigan maxsus vositalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TERDU YIGITLARI — O‘ZBEKISTON KUBOGI SOHIBI!

  • 2026-10-08
  • 58

Joriy yilning 3–8-oktabr kunlari Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida gandbol sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “O‘zbekiston Kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahri

Batafsil

TerDU sport maydonlarida murosasiz bahslar!

  • 2026-10-08
  • 59

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumi doirasida Termiz davlat universitetida sport musobaqalari qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.

Batafsil

JARQO‘TONNING MING YILLIK SIRLARI O‘RGANILMOQDA

  • 2026-10-08
  • 56

Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.

Batafsil