Xitoy sari: TerDUda saralash suhbati bo‘lib o‘tdi!

Pekin shahridagi Beijing City University yozgi maktab dasturi talabalarimiz orasida katta qiziqish uyg‘otdi. 14 kunlik ushbu grant dasturida qatnashish uchun saralash suhbati yakunlandi.

Qisqacha ma’lumot:
Jami ishtirokchilar: 43 nafar talaba
Kvota: 10 ta o‘rin
Tanlash mezonlari: ingliz tili darajasi, o‘qishdagi natijalar va motivatsiya
Suhbat davomida talabalar o‘z bilimlari bilan birga Xitoy madaniyati va ta’limiga bo‘lgan qiziqishlarini ham ko‘rsatishdi. Har bir nomzodning muloqot qobiliyati ham baholandi.
Keyingi bosqich: Eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar talaba tez orada e’lon qilinadi. G‘oliblar yozda Pekinda:
-Buyuk Xitoy devori va tarixiy joylarni ko‘rish
-Xalqaro professorlardan saboq olish
-Turli davlatlardan kelgan yoshlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar

📌 Tanlovdan o‘tganlarga viza va hujjatlar bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar beriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil