Xalqaro hamkorlik: Talabalarimiz Xitoyda ilmiy tadqiqotlarini himoya qilmoqdalar

🟢Ayni vaqtda TerDU va Jiangsu universiteti (Xitoy) Qo'shma Dasturi doirasida Xitoyda ta'lim olayotgan Lingvistika (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi magistrantlarimiz  o‘z magistrlik dissertatsiyalarining asosiy himoyasidan oldingi muhim bosqich — Research Proposal (Tadqiqot rejasi) himoyasini amalga oshirmoqdalar.

🟢Jarayon davomida talabalarimiz quyidagi masalalarni xitoylik professorlarga asoslab berishmoqda:
1. Tanlangan dissertatsiya mavzusining zamonaviyligi va dolzarbligi;
2. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati;
3. Xalqaro miqyosdagi muammolarga innovatsion yechimlar.

🟢Xitoylik professor-o‘qituvchilar tomonidan bildirilgan tavsiyalar magistrlik ishlarining yanada mukammal bo‘lishiga xizmat qiladi.

🟢TerDU ma’muriyati o‘z talabalarining ushbu mas’uliyatli sinovlarida muvaffaqiyat tilaydi!

🟢Ushbu oliygohga qabul jarayoni ochiq.

💙Murojaat uchun: 
TerDU xalqaro aloqalar bo'limi - @OIR_Manager
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi  - @bestalimov6

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil