Termiz davlat universiteti “Arxeologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Shapulatov Ulug‘bek Xoltojiyevich Y. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Sopolli madaniyatining irrigatsiya tizimi” mavzusidagi “Arxeologiya” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan dissertant Ulug‘bek Xoltojiyevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!