TERDUda xalqaro imkoniyatlar sari muhim qadam - viloyatda ilk bor Erasmus+ seminari keng ko'lamda o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi delegatsiyasi vakili Kun Klassen hamda Toshkentdagi Milliy Erasmus Ofisi eksperti Mahmudjon Utkurov ishtirok etib, dastur imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik va talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Erasmus+ dasturi  taʼlim, oʻquv, yoshlar va sportni qoʻllab-quvvatlovchi xalqaro almashinuv dasturi boʻlib, talabalar va professor-o‘qituvchilarga xorijiy universitetlarda tahsil olish, malaka oshirish hamda tajriba almashish imkonini yaratadi. Ushbu dastur orqali yoshlar nafaqat bilimlarini mustahkamlaydi, balki xalqaro maydonda o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi.

Professor-o'qituvchilar e'tiboriga CBHE loyihalarni yozish va taqdim etish, muddatlar bo'yicha mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumot berildi.  
Talabalar esa ICM - xalqaro kredit mobilligi bo'yicha o'z savollariga javob olishdi. 
Bitiruvchilar uchun Jean Monnet dasturi taklif etildi. 
Universitetimizning Erasmus+ dasturi doirasidagi faoliyati tashrif buyurganlar tomonidan yuqori baholandi. 

✔️Erasmus+ dasturlari bo'yicha universitet xalqaro aloqalar bo'limiga murojaat etishingiz mumkin: @SardorRakhmonov_TerSU

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil