“Birga hayotni saqlaymiz”

Termiz davlat universitetida “Birga hayotni saqlaymiz” mavzusida donorlikka bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir yoshlar orasida donorlik madaniyatini shakllantirish, insonparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi. 

Rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tashabbusi bilan tashkil etilgan muloqotda malakali shifokorlar va mutaxassislar ishtirok etib, donorlikning inson hayotidagi o‘rni, qon topshirishning foydali jihatlari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, donorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil