TerDUda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.

Bellashuvlar  jamoaviy tarzda bo‘lib, ishtirokchilar o‘z kuch, chaqqonlik va chidamliligini quyidagi 4 ta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazmoqda:
🟢 1-shart: joyidan turib uzunlikka sakrash;
🟢 2-shart: 100 metrga yugurish;
🟢 3-shart: turnikda tortilish;
🟢 4-shart: granata uloqtirish;

🟢Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar ishtirokchi saralab olinadi va ular musobaqaning keyingi hududiy bosqichida Termiz davlat universiteti sharafini himoya qiladi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 35

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 32

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 36

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil