Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining o‘rni (IX-XV asrlar)” mavzusidagi “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Mamasoat Safar o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!